Bolalar uchun 365ta tarbiyaviy icon

Bolalar uchun 365ta tarbiyaviy

★★★★★
★★★★★
(0.00/5)

1.0.0Free2 years ago

Download Bolalar uchun 365ta tarbiyaviy APK latest version Free for Android

Version 1.0.0
Update
Size 5.86 MB (6,142,662 bytes)
Developer Guli Pro
Category Apps, Books & Reference
Package Name com.mobildastur.bolalar_uchun_hikoyalar
OS 4.1

Bolalar uchun 365ta tarbiyaviy APPLICATION description

Har kuniga bolas from bitta uchun tarbiyaviy hikoyas: Yil davomida o'qiladi
Ushbu kitobda ulug‘ olimlar hayoti, hikmatli so‘zlari, ularning ilm yo‘lidagi mashaqqatlari haqida so‘z yuritilgan. Bundan tashqari, boshqa xalqlar va jahon tarixida purma’no so‘zlari bilan tanilgan mashhur daholar so‘zlari, ularning hayotida sodir bo‘lgan ibratli voqealar, rivoyatlar, hikmatli latifalar, masallar va boshqalar jamlangan. Yana hozirgi kunimizda sodir bo‘ladigan zamonaviy voqealar ham kitobdan o‘rin olgan.

Sharq xalqlarida “Kalila va Dimna”, “Qobusnoma” kabi asarlar bir necha asrlardan beri tarbiya kitobi sifatida o‘qib kelinadi. Yoki Arastu, Suqrot kabi yunon faylasuflarining so‘zlari, Ezop masallari ham yoshlarga, balki kattalarga tarbiya berish, yaxshi xulqlarni shakllantirishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”, Fariduddin Attorning “Mantiqut tayr”, Alisher Navoiyning “Hayratul abror”, Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy” kabi asarlarining bosh g‘oyasi ham - tarbiya va odob-axloq.

Kitobning uslubi hozirgi kungacha ushbu mavzuda yozilgan asarlardan farq qiladi. Bugungacha yozilgan asarlar mavzulashtirilgan bo‘lib, ularda ham hikoya, masal va ibratli voqealar berilgan. Lekin qo‘lingizdagi kitob yil davomida o‘qilishi uchun unda 365 ta tarbiyaviy hikoya, masal va boshqalarni jamladik. Hikoyalar mavzusi ham turli xil. Bu o‘quvchida zerikishni keltirib chiqarmaydi. Har bir hikoya oxirida qissadan hissa tarzida qisqagina saboqlar berilgan. Ular hikoyani yana ham yaxshiroq tushunishga imkon beradi.

Kitob mavzulari halollik, kattalar, ota-ona, ustoz, qo‘shnilarga hurmat, sabr, saxiylik, mardlik, vatanparvarlikka targ‘ib qilsa, dangasalik, hasad, chaqimchilik, yolg‘on, kibr, o‘g‘irlik, noshukrlik, dushmanlik, tamagirlik, baxillik, o‘ylamay gapirish, sabrsizlik, xiyonat kabi illatlardan qaytaradi. Hikoya qahramonlari misolida ko‘pchilikning xatosi ko‘rsatilib, ularni to‘g‘rilash, yomon xulqlardan qutulish yo‘llari ham keltirilgan. Maqsadimiz farzandlarimiz ilmli, odobli, birovlarning qo‘liga qarab qolmaydigan, mehnatkash va jasur bo‘lib voyaga yetsin. Kitob avvalo keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

Aziz bobo va buvijonlar! Sizlardan iltimosimiz shuki, vaqtingiz bo‘lganda nabiralaringizga ushbu kitobni o‘qib, ulardan chiqariladigan xulosa, qissadan hissa va olinadigan saboqlarni hayot tajribangiz asosida kengroq tushuntirib, sharhlab bering.

Aziz ota-onalar! Sizlarga ham iltimos qilamiz. Vaqt topib kitobni farzandlaringizga o‘qib bering. Kechki ovqatdan so‘ng yoki uyquga yotishdan oldin 5-10 daqiqa vaqtingizni ayamang. Farzandlaringizga bitta hikoya bo‘lsa ham o‘qib bering. Ularning yurish-turishi, gap-so‘zlari, tarbiyasida o‘zgarishni sezasiz. O‘zingiz vaqt topa olmasangiz, kitobni farzandingiz qo‘liga berib, hech bo‘lmasa bitta hikoya o‘qib keyin uyquga yotishlarini ayting. Albatta, bu foydadan xoli bo‘lmaydi.
↓ Read more
Bolalar uchun 365ta tarbiyaviy screen 1 Bolalar uchun 365ta tarbiyaviy screen 2 Bolalar uchun 365ta tarbiyaviy screen 3 Bolalar uchun 365ta tarbiyaviy screen 4 Bolalar uchun 365ta tarbiyaviy screen 5 Bolalar uchun 365ta tarbiyaviy screen 6

Old versions

Version Size Update
⇢ 1.0.0 (7 variants) ↓ 998.06 KB ◴ 3 years ago