G'azabning davosi icon

G'azabning davosi

★★★★★
★★★★★
(5.00/5)

1.0Free3 years ago

Download G'azabning davosi APK latest version Free for Android

Version 1.0
Update
Size 3.89 MB (4,080,845 bytes)
Developer Sabr
Category Apps, Books & Reference
Package Name com.gazabningdavosi
OS 4.4 and up

G'azabning davosi APPLICATION description

G‘azab va nafratdan mutlaqo qutulish yoki uni jilovlash mumkinmi?
Bismillahir rox,manir rohim!
Alhamdulillah, vassolatu vassalamu ’ala rasulillah.
Alloh taolo inson zotini yaratib, unda turli tug‘ma xulq-atvorlarni paydo qildi. Har bir tug‘ma xulq-atvorning o‘z vazifasi bor. Inson sog‘-salomat bo‘lishi, hayotda kerakli ishlarni amalga oshirishi uchun bu tug‘ma xulq-atvorlarning o‘rni beqiyosdir. Masalan, uyqu tug‘ma xulq-atvorini olaylik. Inson mehnat qilib charchaydi. Vaktida dam olsa, kerakli ishlarni bajarishga qodir bo‘ladi. Aks holda uykusizlik odamning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. G‘azab ham xuddi shunday tug‘ma xulq-atvorlardan sanaladi.
Insonga berilgan tug‘ma xulq-atvorlarni ishlatishda shariat belgilab bergan chegaradan chiqish bandani insoniylikdan hayvon darajasiga tushirib qo‘yadi. Zero, hayvon ham yeb-ichadi, qorni ochish va g‘azablanish kabi xislatlarga ega. Odam hayvondan farqli o‘laroq, ilohiy ta’limotlarga amal qilish bilan yuqori pog‘onalarga erishadi.
G‘azab shunday narsaki, u ni jilovlay olgan banda najot topadi. G‘azabni umuman yo‘qotishning imkoni yo‘q. Sababi, ba’zi hollarda, masalan, gunoh ishlar qilinganida, haqiqat toptalganida, oyoq osti qilinganida insonning g‘azablanmasligi, indamay qarab turaverishi mumkin emas. Agar insonda g‘azab hissi bo‘lmasa, u holda dunyoda adolat va haqiqat o‘z mohiyatini yo‘qotgan bo‘lardi.

Odilxon qori Yunusxon hoji o‘g‘li
G‘AZABNING DAVOSI
“SHARQ” NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI
BOSH TAHRIRIYATI TOSHKЕNT-2014

Inson zotini Alloh taolo hamma taraflama mukammal qilib yaratgan. Uning fe’lida mehr va muhabbat bilan birgalikda g‘azab va nafrat ham bor. Xo‘sh g‘azab va nafratdan mutlaqo qutulish yoki uni jilovlash mumkinmi? U nima uchun insonga - ato etilgan?
Qo‘lingizdagi kitob ana shu dolzarb hayotiy masalalar haqidadir. O‘qib, murodingizga yeting.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2494 sonli ruxsati bilan chop etildi.
↓ Read more
G'azabning davosi screen 1 G'azabning davosi screen 2 G'azabning davosi screen 3 G'azabning davosi screen 4