Maydon icon

Maydon

★★★★★
★★★★★
(5.00/5)

1.1.1Free5 years ago

Download Maydon APK latest version Free for Android

Version 1.1.1
Update
Size 4.30 MB (4,506,702 bytes)
Developer Tea Soft LLC
Category Apps, Sports
Package Name org.teasoft.maydon
OS 4.0.3 and up

Maydon APPLICATION description

Maydon.uz maydonda!

Ushbu loyihaning mualliflaridan biri Xayrulla Hamidovning loyiha haqida qisqacha tasnifi:

Futbol va tafakkurning uyg’unligi deganda futbol jurnalistikasida beixtiyor Qahramon Aslanov siymosi gavdalanadi…

Axbor dodaga tortgan, otasining yo’lini qattiq ushlagan Diyor Imomxo’jaevning ovozidan ko’ra qalami o’tkirroq…

Tilining shirinligi har qanday novvotni-da ortda qoldiradigan Muhrim A’zamxo’jaevni ham o’z safimizga qo’shib olganimizni aytsak, tushunib yetaveringki, raqiblarimizga ancha mushkul bo’ladi.

Maqolalarini juda teran bitadigan va xulosani kutilmagan nuqtada taqdim etadigan Abror Qodirov ham o’z uslubiga ega, hatto yangi maktab asoschisi bo’lish ehtimoli bordek tuyuladi…

Temur A’zamni men ko’proq tayanch yarim himoyachisiga o’xshataman. Boshqalarga qaraganda ko’proq mehnat qiladigan, ammo tabloda nomini kamdan-kam ko’rsatadigan kamtar o’g’lon…

Haligi kinofilьmda aytilganidek, jurnalist, yurist, zakovatchi va hokazolarni o’zida jamlagan Xushnud Xudoyberdiev degan brend nomni tanishtirib o’tirish, reklama qilish kulgili bo’lsa kerak. U yana maqola yozishni boshladi. Siz uchun, sayt uchun!

Sherzod Rajabovning maqolalarini ham sog’inib qolganlar bor. Ularga-da xushxabar: Sherzod ham shu sayt xodimi!

Shuhrat Shokirjonovni “Chempion” gazetasidan yaxshi taniysiz. O’ynovchi-murabbiy ampluasiga rosa mos tushadi. Kam yozadiyu, ammo chiroyli yozadi. Gamburgerga o’xshab yevorgingiz keladi maqolasini…

Loyiha muallifi - Davron Kabulovning ijodi esa, siz qatori shaxsan menga ham juda qiziq. Aniqrog’i, yozishga doir ijodi, maqolalari. “Millionchi”miz o’zi tug’ilgan “maydon”ga qaytmoqda. Qarshi olishga tayyormisiz?!

O’zim haqimda yozish noto’g’ri bo’ladi. Men maqola avvalida aytganimdek, Roberto Badjoning muxlisi bo’lganman. Yaxshi ko’rishdan oldin uning taqdiriga o’xshashlikka ham tayyor tur, deydilar-ku, “maydonchilar” guruhiga kelgunga dovur ehhe, ne-ne klublarda, ne-ne yulduzlar bilan yelkama-yelka o’ynamadim. Ularning ko’pi hatto “butsasini mixga ilib ham ketdi”, aniqrog’i, yozish maydonida ko’rinmayaptilar. Men esa, haliyam yuribman. Terma jamoaga kirish uchun bor imkoniyatdan foydalanib. Muhimi, harakat-ku, to’g’rimi? Xalqing, vijdoning va muxlislaring oldida yuzing yorug’ bo’ladi.

Maydon.uz ishga tushdi. Har kuni biz bilan birga bo’ling! Ko’p narsa va’da bera olmaymiz, chunki sifatli narsa ko’p bo’lmaydi!!! Maydon.uz maydonda!

Ushbu loyihaning mualliflaridan biri Xayrulla Hamidovning loyiha haqida qisqacha tasnifi:

Futbol va tafakkurning uyg'unligi deganda futbol jurnalistikasida beixtiyor Qahramon Aslanov siymosi gavdalanadi ...

Axbor dodaga tortgan, otasining yo'lini qattiq ushlagan Diyor Imomxo'jaevning ovozidan ko'ra qalami o'tkirroq ...

Tilining shirinligi har qanday novvotni-da ortda qoldiradigan Muhrim A'zamxo'jaevni ham o'z safimizga qo'shib olganimizni aytsak, tushunib yetaveringki, raqiblarimizga ancha mushkul bo'ladi.

Maqolalarini juda teran bitadigan va xulosani kutilmagan nuqtada taqdim etadigan Abror Qodirov ham o'z uslubiga ega, hatto yangi maktab asoschisi bo'lish ehtimoli bordek tuyuladi ...

Temur A'zamni men ko'proq tayanch yarim himoyachisiga o'xshataman. Boshqalarga qaraganda ko'proq mehnat qiladigan, ammo tabloda nomini kamdan-kam ko'rsatadigan kamtar o'g'lon ...

Haligi kinofilmda aytilganidek, jurnalist, yurist, zakovatchi va hokazolarni o'zida jamlagan Xushnud Xudoyberdiev degan brend nomni tanishtirib o'tirish, reklama qilish kulgili bo'lsa kerak. U yana maqola yozishni boshladi. Siz uchun, sayt uchun!

Sherzod Rajabovning maqolalarini ham sog'inib qolganlar bor. Ularga-da xushxabar: Sherzod ham shu sayt xodimi!

Shuhrat Shokirjonovni "Chempion" gazetasidan yaxshi taniysiz. O'ynovchi-murabbiy ampluasiga rosa mos tushadi. Kam yozadiyu, ammo chiroyli yozadi. Gamburgerga o'xshab yevorgingiz keladi maqolasini ...

Loyiha muallifi - Davron Kabulovning ijodi esa, siz qatori shaxsan menga ham juda qiziq. Aniqrog'i, yozishga doir ijodi, maqolalari. "Millionchi" miz o'zi tug'ilgan "maydon" ga qaytmoqda. Qarshi olishga tayyormisiz ?!

O'zim haqimda yozish noto'g'ri bo'ladi. Men maqola avvalida aytganimdek, Roberto Badjoning muxlisi bo'lganman. Yaxshi ko'rishdan oldin uning taqdiriga o'xshashlikka ham tayyor tur, deydilar-ku, "maydonchilar" guruhiga kelgunga dovur ehhe, ne-ne klublarda, ne-ne yulduzlar bilan yelkama-yelka o'ynamadim. Ularning ko'pi hatto "butsasini mixga ilib ham ketdi", aniqrog'i, yozish maydonida ko'rinmayaptilar. Men esa, haliyam yuribman. Terma jamoaga kirish uchun bor imkoniyatdan foydalanib. Muhimi, harakat-ku, to'g'rimi? Xalqing, vijdoning va muxlislaring oldida yuzing yorug 'bo'ladi.

Maydon.uz ishga tushdi. Har kuni biz bilan birga bo'ling! Ko'p narsa va'da bera olmaymiz, chunki sifatli narsa ko'p bo'lmaydi !!!
↓ Read more
Maydon screen 1 Maydon screen 2 Maydon screen 3 Maydon screen 4 Maydon screen 5 Maydon screen 6