Musiqam icon

Musiqam

★★★★★
★★★★★
(3.64/5)

0.9.2Free54 years ago

Download Musiqam APK latest version Free for Android

Version 0.9.2
Update
Size 2.00 MB (2,094,321 bytes)
Developer Soft Tech Mobile
Category Apps, Music & Audio
Package Name com.softtechmobile.rbt
OS 2.2 and up

Musiqam APPLICATION description

Musiqam ilova-dasturi yordamida Siz zerikarli gudoklar o‘rniga o‘zingiz yoqtirgan qo‘shiq, musiqa yoki hazillarni osonlikcha o‘rnatishingiz mumkin. Hozirda dastur katalogida eng yangi o‘zbekcha va xorijiy qo‘shiqlar, ko‘ngilochar hazillar, turli kino va multfilm musiqalari mavjud bo‘lib, bu katalog doimiy ravishda to‘ldirib boriladi.

Dasturning qidiruv funksiyasi Sizga o‘zingiz yoqtirgan musiqalarni tezda topishingizga yordam beradi. Bundan tashqari, bugungi kunda foydalanuvchilar orasida eng mashhur bo‘lgan musiqalar ham alohida bo‘limda ko‘rsatiladi.

Musiqalarni sotib olish uchun uyali aloqa hisobingizdagi mablag‘dan foydalaniladi.

Musiqalarni sotib olishdan oldin ularni bepul eshitib ko‘rish imkoniyati mavjud. O‘zingizga yoqqan musiqani tanlab, uni osonlikcha gudok o‘rniga o‘rnatishingiz mumkin. Sotib olish jarayonini osonlashtirish uchun dasturni o‘rnatib, uni ilk marta ishga tushirganingizda telefon raqamingizni kiritish tavsiya etiladi.

Agar telefon raqamingizni o‘zgartirsangiz, u holda dastur sozlamalaridagi “Telefon raqamini o‘zgartirish” sahifasi orqali yangi telefon raqamingizni kiritib qo‘yishingiz mumkin.

Eslatma: Servisdan faqatgina O‘zbekiston Respublikasi hududida uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi Beeline va Ucell aloqa operatorlari abonentlari foydalanishi mumkin.
↓ Read more
Musiqam screen 1 Musiqam screen 2 Musiqam screen 3 Musiqam screen 4 Musiqam screen 5 Musiqam screen 6