Musofir icon

Musofir

★★★★★
★★★★★
(0.00/5)

1.2.8Free1 month ago

Download Musofir APK latest version Free for Android

Version 1.2.8
Update
Size 19.39 MB (20,333,488 bytes)
Developer UIC Group
Category Apps, Social
Package Name org.uicgroup.musofir
OS 6.0

Musofir APPLICATION description

“MUSOFIR” xayriya loyihasi
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda bir qator tashkilotlar, jumladan, Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining ham alohida o‘rni bor. Tashkilotning asosiy maqsad va vazifalari xorijiy mamlakatlarda ta’lim olayotgan hamda mehnat qilayotgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan yoshlar bilan ish olib borish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishdan iboratdir.

O‘qish va/yoki ishlashning o‘ziga yarasha qiyinchiligi bor. Ayniqsa, bu xorijiy mamlakatda bo‘lsa, ushbu qiyinchilik ikki baravar ortadi. Musofir yurtda ta’lim olish yoki mehnat faoliyati davomida turli qiyinchilik, murakkab vaziyatlar, mushkul damlarga tushib qolish hech gap emas. Shunday vaziyatda inson biroz qo‘llab-quvvatlashga, ko‘makka ehtiyoj sezadi. Ushbu ko‘makning beg‘araz, qolaversa, o‘z ona yurtidan bo‘lishi har qanday og‘ir vaziyatni tez yengib o‘tishga sabab bo‘ladi.

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “MUSOFIR” xayriya loyihasi aynan ushbu vaziyatdagi, ya’ni xorijda ta’lim olish va/yoki mehnat faoliyatini amalga oshirish davomida turli qiyinchilik, murakkab vaziyatlarga tushib qolgan o‘zbekistonlik talaba va ishchi migrantlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi. Ushbu beg‘araz yordam xorijdagi yurtdoshlari taqdiriga befarq bo‘lmagan fuqarolarimiz tomonidan turli yo‘llar va vositalar orqali kelib tushgan xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasidagi yoshlarga oid davlat siyosati hamda mavjud muammo va kamchiliklarni inobatga olgan holda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan xorijdagi murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik yoshlar murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rish ko‘lamini kengaytirish, xorijiy mamlakatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish va/yoki ta’lim olish bilan bog‘liq ijtimoiy qiyinchiliklarga duch kelayotgan hamyurtlarimizga xorijiy va mahalliy tashkilotlar hamda moliyaviy barqarorlikka ega fuqarolardan izchil xayriya moliyaviy yordamlari ko‘rsatilishi mexanizmining yo‘lga qo‘yilishini ta’minlashga qaratilgan.
↓ Read more
Musofir screen 1 Musofir screen 2 Musofir screen 3 Musofir screen 4 Musofir screen 5 Musofir screen 6 Musofir screen 7 Musofir screen 8 Musofir screen 9 Musofir screen 10 Musofir screen 11 Musofir screen 12 Musofir screen 13 Musofir screen 14 Musofir screen 15 Musofir screen 16 Musofir screen 17 Musofir screen 18

Old versions

Version Size Update
⇢ 1.0.5 (4 variants) ↓ 14.16 MB ◴ 1 year ago
⇢ 1.2.8 (3 variants) ↓ 19.18 MB ◴ 1 month ago
⇢ 1.2.7 (3 variants) ↓ 18.45 MB ◴ 10 months ago