Payg'ambarlar qissasi icon

Payg'ambarlar qissasi

★★★★★
★★★★★
(4.45/5)

3.0Free2 years ago

Download Payg'ambarlar qissasi APK latest version Free for Android

Version 3.0
Update
Size 6.57 MB (6,891,486 bytes)
Developer Sabr
Category Apps, Books & Reference
Package Name com.paygambarlar.qissasi
OS 4.4 and up

Payg'ambarlar qissasi APPLICATION description

Avliyolar qissasi yohud Qissasi Rabg'uziy asari
Milodiy 1309 - 1310 yillarda yozilgan “Qisasi Rabg‘uziy” asarini kitobat olamining go‘zal, betakror bir obidasiga qiyos etgulik! Yozma yodgorlikda Odam Ato va Momo Havodan tortib, Muhammad Mustafogacha yashab o‘tgan payg‘ambarlarning hayoti, ezgu o‘yu amallari hikmatlar, rivoyatlar orqali mohirona aks ettirilgan. Unda Sharq falsafasi bilan qadimiy milliy qadriyatlarimiz uyg‘unlashib ketgan.

Qadimiy turkiy tilni o‘zida ifoda etgan bebaho durdona ikki kitobdan iboratdir. Sobiq sovetlar davrida hayoti va ijodi o‘rganilishi taqiqlangan allomaning ushbu asari Mustaqillik sharofati va tariximizga munosabat o‘zgarganligi tufayli darsliklardan o‘rin oldi. Masalan, 9-sinf adabiyoti majmuasiga Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziy(oxirati obod bo‘lsin)ning mashhur asarlaridan namunalar kiritilgani buning isbotidir. “Qisasi Rabg‘uziy” asari o‘zbek nasriy adabiyotining birinchi yirik namunasidir.

El orasida qadimdan mashhur bo‘lgan bu asar “Payg‘ambarlar qissasi” yoki “Avliyolar qissasi”deb ham yuritiladi. Zero, asarda Odam Atodan boshlanib, Muhammad alayhis-salomgacha o‘tgan barcha payg‘ambarlar haqida zikr etiladi. Kitobda afsonaviy payg‘ambarlar bilan birga payg‘ambarlashtirilgan shaxslarga, jumladan, Luqmoni hakim, Iskandar Zulqarnaynga ham katta o‘rin berilgan.

Asar muqaddimasida aytilishicha, qo‘lyozma Xorazmda Raboto‘g‘uz degan joyning qozisi Burhonuddin o‘g‘li Nosiruddin tomonidan musulmon dinini qabul qilgan, e’tiborli mo‘g‘ul beklaridan hisoblangan Nosiruddin To‘qbug‘aning iltimosiga ko‘ra, hijriy 709 (milodiy 1309 - 1310) yilda yozilgan. Nosiruddin Rabg‘uziy asarni deyarli bir yillik tinimsiz mehnatdan so‘ng hijriy 710 yilning Hut (melodiy 1310 yil 21 fevral-21mart) oyida nihoyasiga yetkazadi. Bu haqida qo‘lyozmaning so‘zboshisida ya’ni, Rabg‘uziyning o‘zi tomonidan yozilgan birinchi kitobdagi muqaddimada keng qamrovli sharh berilgan.
↓ Read more
Payg'ambarlar qissasi screen 1 Payg'ambarlar qissasi screen 2 Payg'ambarlar qissasi screen 3 Payg'ambarlar qissasi screen 4 Payg'ambarlar qissasi screen 5

Old versions

Version Size Update
⇢ 3.0 (9 variants) ↓ 6.23 MB ◴ 3 years ago
⇢ 2.0 (1 variants) ↓ 6.41 MB ◴ 4 years ago
⇢ 1.1 (1 variants) ↓ 6.41 MB ◴ 4 years ago