Psixologiya - atamalar lug'ati icon

Psixologiya - atamalar lug'ati

★★★★★
★★★★★
(0.00/5)

2Free2 years ago

Download Psixologiya - atamalar lug'ati APK latest version Free for Android

Version 2
Update
Size 4.58 MB (4,802,727 bytes)
Developer WEBSPEKTR
Category Apps, Books & Reference
Package Name com.psixologik.atamalar
OS 5.0

Psixologiya - atamalar lug'ati APPLICATION description

Inson psixologiyasini o'rganishda ishlatiladigan terminlar haqida batafsil
Psixologiya fani inson shaxsi, uning ichki dunyosi haqidagi bilimlarning murakkab sohasidir.
Psixologiya har kimga o‘z tajribasidan ma’lum bo‘lgan sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, his-tuyg‘u va insonning qobiliyati, iste’dodi, temperamenti, xarakteriga xos ruhiy hodisalar haqidagi bilimlarni o‘z ichiga olgan sohadir.

Psixik jarayonlar ham boshqa hodisalar kabi o‘z qonunlariga ega. Idrok qilish, his qilish va tafakkur jarayonlari qanday namoyon bo‘ladi? Odamning qobiliyati qanday o‘sib boradi va xarakteri qanday tarkib topadi? Psixologiya ilmi ana shunday nozik masalalar bilan shug‘ullanadi. Psixologiya juda qadimgi fanlardan bo‘lib, bundan taxminan ikki yarim ming yillar muqaddam maydonga kelgan. «Psixologiya» yunoncha «psyuxe» - «jon» umumiy holatda ruh va «logos» - ilm, ta’limot degan ikki so‘zdan iborat bo‘lib, «jon yoki ruh haqidagi ta’limot» degan ma’noni anglatadi. Qadim zamonlarda tashqi olamdan ta’sir qilayotgan narsalarning nerv sistemasi yordamida miyada aks ettirilishini odamlarning tushunishi qiyin bo‘lgan. Shuning uchun ular murakkab aks ettirish hodisalarini jon bilan bog‘lab tushuntirganlar. Shu tufayli psixologiya fani qadim zamonlarda jon haqidagi ta’limot sifatida maydonga kelgan. Hozirgi kunda psixologiya fani o‘zining qadimgi nomini saqlab qolgan bo‘lsa ham mazmunan batamom o‘zgarib ketgan. Agar biz psixologiyaning mazmunini hozirgi davr talabidan kelib, tushuntiradigan bo‘lsak, shunday ta’rif berishimiz mumkin: «Psixologiya fani psixik jarayonlar va inson shaxsining psixologik xususiyatlari haqidagi fandir».
↓ Read more
Psixologiya - atamalar lug'ati screen 1 Psixologiya - atamalar lug'ati screen 2 Psixologiya - atamalar lug'ati screen 3 Psixologiya - atamalar lug'ati screen 4 Psixologiya - atamalar lug'ati screen 5 Psixologiya - atamalar lug'ati screen 6

Old versions

Version Size Update
⇢ 2 (4 variants) ↓ 4.30 MB ◴ 2 years ago
⇢ 1 (1 variants) ↓ 4.58 MB ◴ 4 years ago