Xorazm lazgisi icon

Xorazm lazgisi

★★★★★
★★★★★
(0.00/5)

3.0Free4 years ago

Download Xorazm lazgisi APK latest version Free for Android

Version 3.0
Update
Size 50.82 MB (53,289,469 bytes)
Developer Sado
Category Apps, Music & Audio
Package Name com.xorazm.lazgi
OS 4.0.3 and up

Xorazm lazgisi APPLICATION description

Go'zal va betakror Xorazm lazgisi el suygan san'atkorlar ijrosida
Siz Xorazm deganda Xorazm lazgisi, Surnay lazgisi, Lazgi raqsini ko’z oldingizga keltirganingizga aminmiz.
Xorazm lazgisi Alloh Odam Atoga jon baxshida etilayotganda tarannum etilgan degan ma’lumotlar bor.
Shuning uchun bu kuy chalinganda raqsga tushib ketmaydigan odam bo’lmasa kerak. Siz lazgi raqsini bilmasangiz ham baribir kuyni eshitiboq beixtiyoriy ravishda o’yinga tushishga harakatga qilsangiz ajablanmang, bu kuy sehrilidir. Ayniqsa, Xorazmliklar shu kuyga raqsga tushganda kuy va raqs bir butun bo’lib xohlagan kishini lol qoldiradi, kuyni tinglab, raqsni tomosha qilib kishi huzurlanadi, ma’naviy ozuqa oladi, xordiq chiqaradi - bu Xorazm lazgisi, lazgi raqsidir.

Lazgi - Xorazm xalq kuyi va raqsi. Kuy kichik muqaddima va 3 qismdan iborat. 6/8 o’lchovli gul ufori usulida ijro etiladi. Raqs sekin va oddiy harakatlar bilan boshlanadi - oldin barmoqlar, bilaklar, yelka va keyin butun tana jonlana boshlaydi. So’ngra birdaniga qo’l, oyoq, tana ishtirok etadigan murakkab harakatlar ulanib ketadi. Kuyning bir qismi takrorlangan holda raqs harakatlari almashib boradi. Kuy xarakteri o’zgarishi va sur’at tezlashishi bilan raqs tobora qizg’inlasha borib, keskin holda tamom bo’ladi. Erkaklar (jangovar va qahramonlik ruhida) va ayollar (lirik, hazilomuz) raqslari farqlanadi. Hozirgi davrda Xorazmda lazgi raqsining 9 turi mavjud bo’lib, ular "Qayroq lazgisi", "Dutor lazgisi", "Surnay lazgisi" va hokazo. Bulardan tashqari, XX asr o’rtalaridan boshlab so’z bilan ijro etiladigan, turli ijrochilar tomonidan yallali lazgilar yaratilgan.
Ushbu ilovada nafaqat Xorazm san`atiga balki butun O`zbek san`atini duyyoga tanitgan mashhur sanatkorlar tomonidan ijro etilgan "Lazgi" qo`shiqlari jamlangan.
Komiljon Otaniyozov - Lazgi
Otajon Hudoyshukurov - Lazgi
Ortiq Otajonov - Lazgi
Olmaxon Hayitova - Lazgi
Og`abek Sobirov - Lazgi
Rahmatjon Qurbonov - Lazgi
Og`abek Sobirov - Yangi Lazgi
Bunyod Saidov - Lazgi
Hulkar Abdullayeva - Lazgi
Sarvinoz - Salki Lazgi
Feruza Jumaniyozova - Voy-voy Lazgi
Aka-uka Eshjonovlar - Lazgi
Ulug`bek Otajonov - Lazgi
Bunyod Saidov - Salki Lazgi
Hamda Surnay Lazgisining turli hil talqinlarini topishingiz mumkin.

Ushbu ilova orqali Qadim Xorazmning azim san`ati va sehrli Lazgining ajib tarovatini ulasha olgan bo`lsak bag`oyat xursandmiz.
Ilova sizga manzur kelsa yaqinlaringizga ham ulashing hamda fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldirishing mumkin.
↓ Read more
Xorazm lazgisi screen 1 Xorazm lazgisi screen 2 Xorazm lazgisi screen 3 Xorazm lazgisi screen 4 Xorazm lazgisi screen 5 Xorazm lazgisi screen 6 Xorazm lazgisi screen 7 Xorazm lazgisi screen 8

Old versions

Version Size Update
⇢ 3.0 (1 variants) ↓ 50.82 MB ◴ 4 years ago
⇢ 2.0 (1 variants) ↓ 50.82 MB ◴ 5 years ago