Yulduz Usmonova qo'shiqlari icon

Yulduz Usmonova qo'shiqlari

★★★★★
★★★★★
(0.00/5)

3.0Free3 years ago

Download Yulduz Usmonova qo'shiqlari APK latest version Free for Android

Version 3.0
Update
Size 56.36 MB (59,094,638 bytes)
Developer Sado
Category Apps, Music & Audio
Package Name com.yulduz.usmonova
OS 4.1 and up

Yulduz Usmonova qo'shiqlari APPLICATION description

Yulduz Usmonova qo'shiqlari
Yulduz O`rayimoxunovna Usmonova (1963-yil 12-dekabrda Marg`ilonda tug`ilgan) - o`zbek estrada xonandasi, bastakor. O`zbekiston (1995), Qoraqalpog`iston (2000) xalq artisti. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1988). O`zi tashkil etgan ansamblning yakkaxon xonandasi (1989 yildan). Dardli va shirali ovoz sohibi. Milliy estrada qo`shiqchiligiga katta hissa qo`shib kelmoqda. Usmonova ijodi xonandalik va aktyorlik sanʼatining omuxtaligi, jo`shqinlik, ko`tarinkilik, badiiy izlanuvchanlik, har bir qo`shiq talqinida musiqa va sahna vositalarining yorqinligi bilan ajralib turadi. Repertuaridan o`rin olgan aksariyat qo`shiqlarning (so`zi va musiqasi) muallifi.
Xalq kuy-ohang andozalarini ijodiy qo`llash orqali vatanparvarlik ruhidagi jo`shqin monolog, Muhammad Yusuf va boshqalarning sheʼrlari asosida o`ziga xos daʼvat qo`shiqlarni yaratdi («Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston», «O`zingdan qo`ymasin, xalqim», «Elim», «O`zbegim», «Xalq yashar») Shuningdek, 20-asr o`zbek qo`shiqchiligi anʼanalarida lirik («Nastarin», «Olov yonar yuragimda», «Qizil olma»), hajviy («Nozanin, noziman», «Buxorodan kuyov keldi»), lirik-dramatik («Onaizor», «G`iybat, bo`hton o`ldiradi», «Shoh va gado», «Otajon», «Allohim», «Muhammad Yusufga») qo`shiqlar, bir qator xorij va qardosh xalqlar estrada qo`shiqlarini (jumladan, «Ya, habib» (arabcha), «Dunyo» (turkcha), «Parvardigori» (forscha)) mahorat bilan ijro etgan.
«Bolajon» kinofilmida bosh qahramon rolini o`ynagan, ko`pgina «Temir erkak», «Bolajon», «Olov qa`ridagi farishta», «Tohir va Zuhra yangi talqin», «Sarvinoz», «Muhabbat sinovlari 2» filmlarda rol ijro etgan. «Temir hotin», «Oshiqlar», «Yolg`on dunyo» kinofilmlar uchun qo`shiqlar ijro etgan.
Bir necha xalqaro estrada tanlovlari laureati (Yurmala, 1989; Olmaota, 1991). «Sharq qo`shiqlari qirolichasi» unvoniga sazovor bo`lgan (2000, Turkiya). Ijrolari 3 gramplastinka va 20 dan ortiq kompakt diskga yozilgan. Yevropa, Osiyo, Amerika, Shimoliy Afrika mamlakatlarida gastrolda bo`lgan.
2-chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati

Ushbu ilovada Yulduz Usmonovaning:

- Achom-achom
- Atirgul
- Ayol qalbi
- Binafsha
- Bolaligim sen ham
- Dadajon
- Dunyo senga tushunib bo`lmas
- Hamroz bilan
- Ikki daraxt
- Kelinchak
- Ko`zimga yosh
- Lola
- Muhabbatjon
- Mayda-mayda
- O`sha-o`sha
- Otamning so`zi
- O`zbekiston
- Sanamgina
- Sevishadi yor-yor
- Tut qo`limdan
- Xasta bo`lma nomli qo`shiqlari jamlangan.
↓ Read more
Yulduz Usmonova qo'shiqlari screen 1 Yulduz Usmonova qo'shiqlari screen 2 Yulduz Usmonova qo'shiqlari screen 3 Yulduz Usmonova qo'shiqlari screen 4

Old versions

Version Size Update
⇢ 3.0 (1 variants) ↓ 56.36 MB ◴ 3 years ago
⇢ 2.0 (1 variants) ↓ 56.71 MB ◴ 4 years ago
⇢ 1.0 (1 variants) ↓ 50.68 MB ◴ 5 years ago