So'ragan edingiz icon

So'ragan edingiz

★★★★★
★★★★★
(4.91/5)

2.0Free3 years ago

Download So'ragan edingiz APK latest version Free for Android

Version 2.0
Update
Size 6.04 MB (6,336,548 bytes)
Developer Sabr
Category Apps, Books & Reference
Package Name com.soragan.edingiz
OS 4.4 and up

So'ragan edingiz APPLICATION description

Tahorat, g‘usl, namoz va boshqa ibodatlarga doir muhim savollarga javoblar
Dunyo sinov va imtihonlardan iborat. Buni bilgan har bir mo‘min banda hayotning mashaqqatlari oldida esankiramaydi, o‘zini yo‘qotmaydi, dunyoning arzimagan matohlari deb boshqalar bilan talashibtortishmaydi, noshar’iy ishlarga qo‘l urmaydi. Chunki dunyo matohlari, boylik, hirsu havas barchabarchasi o‘tkinchidir.
Nafsi havo ko‘p zararli illatlar eshigini ochib beradi. Unga berilgan kishilar tajovuzkor bo‘lishadi, ularning hayoti ayanchli yakun topadi. Bugungi xalqlararo nizolar, terrorchilik, aqidaparast buzg‘unchi oqimlarning paydo bo‘lishi va “ommaviy madaniyat” ta’sirida yoshlarning turli tahdidlar ostida qolishi hamda ayrim qora kuchlar tomonidan dunyoni o‘zaro bo‘lishib olishga bo‘lgan urinishlarga ham nafs balosi sababdir. Ka’b ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar: “Insonning boylik va shonshuhratga bo‘lgan hirsi (ya’ni, o‘chligi) uning dinini buzishda qo‘ylar ichiga qo‘yib yuborilgan ikkita och bo‘ridan ham yomonroqdir” (Imom Termiziy va Imom Ahmad rivoyati).

“So‘ragan edingiz” rukni ostida “Islom nuri” gazetasi va “Hidoyat” jurnali sahifalarida sizni qiziqtirgan savollarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov bergan javoblarni xalqimiz bir necha yillardan buyon o‘qib-o‘rganib kelmoqda.
Ushbu kitobda aqida, tahorat, g‘usl, namoz va boshqa ibodatlarga doir masalalar yuzasidan muhim savollarga Imomi A’zam (rahimahulloh) asos solgan hanafiy mazhabining mo‘’tabar manbalari asosida tushunarli, qisqa va aniq javoblar berilgan.
Alimov, Usmonxon
Co‘ragan edingiz I - II
mas’ul muharrir Shayx Abdulaziz Mansur; O‘zbekiston musulmonlari idorasi - Toshkent: “MOVAROUNNAHR”, 2019.
Mas’ul muharrir:
Shayx Abdulaziz MANSUR
Tahrir hay’ati:
Usmonxon Alimov, Shayx Abdulaziz Mansur, Muhammad Sharif Juman, Anvar Qori Tursun, Abdulhamid Tursun, Abdul Jalil Xo‘jam, Isomiddin Alimov
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2019 yil 11 apreldagi 1933-raqamli xulosasi asosida nashrga tayyorlandi.
↓ Read more
So'ragan edingiz screen 1 So'ragan edingiz screen 2 So'ragan edingiz screen 3 So'ragan edingiz screen 4 So'ragan edingiz screen 5

Old versions

Version Size Update
⇢ 2.0 (1 variants) ↓ 6.04 MB ◴ 3 years ago
⇢ 1.0 (1 variants) ↓ 6.40 MB ◴ 4 years ago